Kattaqo‘rg‘on shahrida xayriya gala konserti tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansamblida xizmat qilib kelayotgan san’atkor va xonandalar hamda badiiy so‘z ustalari tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida Kattaqo‘rg‘on shahar, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Paxtachi tumanlari ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylari, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan va nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning oila a’zolarini mazmunli hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida konsert dasturi tashkil etildi.
Ushbu konsert dasturi ko‘tarinkilikda o‘tib, ishtirokchilarga xush kayfiyat bash etdi.