Kattaqo’rg’on shahrida 2025 yilning 2-choragida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik flkri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” orqali amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahrida Tashabbusli byudjet jarayonining 2025-yil 1-mavsumda o‘tkazilgan jarayoniga shaharning byudjet parametrida ko‘zda tutilgan jami xarajatlarning 5 foiz mablag‘larining 50 foizi ya’ni, 11 mlrd 583 mln so‘m, yil boshiga shakillangan erkin qoldiq mablag‘larining 30 foiz miqdorida 553.8 mln so‘m, jami bo‘lib 12 mlrd 136 mln 800 ming so‘m mablag‘lar jamg‘armaga yo‘naltirilgan.
Tashabbusli byudjet jamg‘armasida 336.4 mln so‘m qoldiq mablag‘lar mavjud bo‘lgan. Bundan tashqari o‘tgan mavsumlarda g‘olib bo‘lgan loyihalardan iqtisod qilingan 428.8 mln so‘m mablag‘lar jamg‘armaga tiklangan. Natijada tashabbusli byudjet jarayonining 1-mavsumida jami mablag‘lar 12 mlrd 902.0 mln so‘mni tashkil etdi. Shahrimiz fuqarolari tomonidan “Tashabbusli byudjet”ning 1-mavsumida jami 82 ta takliflar kiritilgan bo‘lib, ishchi guruh tomonidan loyiha takliflari o‘rganib chiqildi va 27 ta takliflar mezon talablariga mos kelmaganligi, takroriy takliflar sababli rad etildi. 55 ta takliflar ovoz berish jarayoniga o‘tkazilgan. Ovoz berish jarayoniga o‘tkazilgan 55 ta takliflar uchun jami 21103 ta ovoz berildi va eng ko‘p ovoz to‘plash natijasida 9 ta takliflar g‘olib deb topilgan.
Bugungi kunda 6 ta loyihalarda qurilish-tamirlash ishlari boshlangan, jumladan:
1. Kattaqo‘rg‘on shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 400 o‘rinli talabalar turar joyi yotoqxonasini talab darajasida joriy ta’mirlash uchun qiymati 1 mlrd 500 mln so‘m;
2. Kattaqo‘rg‘on shahar Usmon Nosir nomli MFY hududidagi Navro‘z, Yangi hayot, Yangi hayot o‘tar, Istiqbol o‘tar ko‘chalariga asfalt qoplama yotqizish. Jasorat va Hamid Olimjon ko‘chalarini asfaltlashtirish uchun qiymati 1 mlrd 499 mln 850 ming so‘m;
3. Kattaqo‘rg‘on shahar 15-DMTT binosini joriy ta’mirlash va tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart sharoitlar yaratish uchun qiymati 1 mlrd 500 mln so‘m;
4. Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar, Haydarchaman MFY, Shabboda ko‘chasi 1 A uyda joylashgan Kattaqo‘rg‘on shahar sport maktabi hududida 25x50 metr o‘lchamdagi suniy qoplamali futbol maydoni qurish hamda Sport maktabi hududini o‘rab turuvchi devroning yangidan (balandligi 2,5 metr, uzunligi 80 metr) qurish ta’mirlash uchun qiymati 800 mln so‘m;
5. Nurobod mahallasi hududidagi O‘zbekiston o‘tar ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqizish uchun qiymati 1 mlrd 485 mln so‘m;
6. Kattaqo‘rg‘on shahar Zarafshon mahallasi Buxoro shoh ko‘chasida piyodalar va velo yo‘lagi tashkil etish hamda shu ko‘chada joylashgan avtomobillar aylanma yo‘lini talab darajasida ta’mirlash uchun qiymati 1 mlrd 500 mln so‘m; 2 ta loyihalar quruvchini tanlash bo‘yicha elonga joylashtirilgan jumladan:
7. Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli Ingichka tibbiy sanitariya bo‘limi hamda ingichka poliklinikasini fasad qismini va pol qismini ta’mirlash hamda bino atrofini panjara bilan o‘rash, suv zaxirasini yaratish uchun poliklinikada beton xovuz qurish va qozonxonalarni ta’mirlash uchun qiymati 1 mlrd 100 mln so‘m;
8. Amir Temur mahallasi hududida quyosh panelli tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish uchun qiymati 1 mlrd 500 mln so‘m; 1 ta loyiha loyihalashtirish jarayonida jumladan:
9. Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasining 2-jarroxlik binosini buzib zamonaviy tipdagi qayta 2 etaj qilib qurish uchun qiymati 1 mlrd 500 mln so‘m ajratilgan.
Otabek Kadirov,
Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiyot va moliya
bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari