insurez
01-12-2025 15:22

Kattaqo’rg’on shahrida ekologik muhitni yaxshilash borasida amaliy choralar ko‘rilmoqda


Kattaqo’rg’on shahrida ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida kunlik amaliy ishlar izchil davom etmoqda. 

Shahar Obodonlashtirish boshqarmasining maxsus texnikalari yordamida ko‘chalarga suv sepish, changni kamaytirish, daraxtlar va ko‘kalamzor hududlarni yuvish kabi ishlar muntazam ravishda bajarilmoqda.

Ushbu tadbirlar shahar ko‘rinishini yanada toza va tarovatli qilishi bilan birga, atrof-muhit holatini yaxshilashga ham muhim hissa qo‘shmoqda.

Ekologik ishlarining tizimli tashkil etilishi aholining turmush tarzini yaxshilash, havo sifatini oshirish va shahrimiz bo‘ylab mavjud yashil hududlarni asrashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -