insurez
22-08-2024 17:49

Kattaqo‘rg‘on shahrida demografiya va mehnat bozori


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning 1-iyul holatiga Kattaqo‘rg‘on shahri doimiy aholi soni 95,3 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 0,4 ming kishiga yoki      1,0 foizga ko‘paydi.

Shuningdek, 2024-yilning 1-iyul  holatiga Kattaqo‘rg‘on shahrida 50,1 foiz ayollar va 49,9 foiz erkaklar tashkil etgan. Demak, Kattaqo‘rg‘on shahrida erkaklar soni ayollar soniga nisbatan kam ekanligini kuzatishimiz mumkin.

Tug‘ilish darajasi. 2024-yilning yanvar-iyun holatiga Kattaqo‘rg‘on shaharda tug‘ilganlar soni 879 tani tashkil qildi va 2023-yilning shu davriga (1 137 kishi) nisbatan 258 taga kamaydi. Tug‘ilish koeffitsienti mos ravishda 18.6 promilleni tashkil qildi va      2023-yilning shu davriga (24,4 promille) nisbatan 5,8 promillega kamaydi.

Nikohlar va ajralishlar. 2024-yilning yanvar-iyun FHDYO organlari tomonidan                  219 ta nikohlar va 71 ta ajralishlar ro‘yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 4,6 promillega nikoh (2023-yilning tegishli davrida 5,2 promille) va 1,5 promillega ajralishlar (2023-yilning tegishli davrida 1,8 promille) to‘g‘ri keladi.

Migratsiya. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 237 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 466 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig‘i minus 226 kishiga (2023-yilning shu davrida minus 79 kishi) teng bo‘ldi.

 

M.Muminov,                                         

Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi boshlig‘i

Teglar
- -