Kattaqo‘rg‘on shahrida davlat xizmatchilari uchun trening o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali hamkorligida ekspress trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi boshqaruv apparati xodimlari hamda mahalliy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida tegishli mavzular bo‘yicha ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar interaktiv tarzda, ochiq muloqot, amaliy topshiriqlar orqali o‘tkazilib, ishtirokchilar innovasion yondashuvlar bo‘yicha fikr almashishdi.
Ushbu ekspress-trening davlat xizmatchilari uchun ilg‘or tajribalarni o‘rganish, o‘zi ustida doimiy ishlash va boshqaruvda samaradorlikni oshirishga xizmat qiluvchi navbatdagi qadam bo‘ldi.
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.