insurez
10-06-2025 13:56

Kattaqo'rg'on shaharda "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqasining 2-mintaqa bosqichi bo'lib o'tdi


 Samarqand viloyatining Kattaqo'rg'on shahrida Prezidentimiz tashabbusi bilan butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarining Badiiy gimnastika bo‘yicha mintaqaviy bahslari bo'lib o'tdi.

 Mintaqaviy bosqichda viloyatning Kattaqo'rg'on shahar va Kattaqo'rg'on, Narpay, Paxtachi tumanlaridan 85 nafardan ortiq yoshlar "Sport maktablari" hamda "Sport klublari"dan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun bellashishdi.

Musobaqaning yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar tantanali tarzda taqdirlandi hamda "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarining viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Teglar
- -