Kattaqo’rg’on shahar “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasining mintaqaviy bosqichi boʻlib oʻtmoqda
Kattaqo’rg’on shahar sport maktabida Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasining yengil atletika yo‘nalishidagi 2-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur musobaqada Kattaqo’rg’on shahri hamda Kattaqo’rg’on, Narpay va Paxtachi tumanlaridan kelgan sportchilar g'oliblik uchun bellashdilar. Musobaqa Nizomida belgilangan yengil atletikaning 7 ta turi jumladan, uzunlikka sakrash, uch hatlab sakrash, balandlikka sakrash, nayza uloqtirish, yadro itqitish hamda 100/110 metrga g‘ovlar osha yugurish turlaridan bahslar o‘tkazilmoqda