Kattaqo’rg’on shahar hokimligida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi
Siyosiy-ma’rifat soatida dastlab, hafta davomida yurtimizda va xorijdagi ahamiyatga molik voqealar mazmuni namoyish etildi.
🔹Hokimlik apparati xodimlari hamda korxona va tashkilotlarning ijro nazorati bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etgan o‘quv davomida shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Tilavov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli (https://www.lex.uz/uz/docs/-7645672) "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarining 2025-yilning I-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar hamda 2025-yilning II-yarim yilligida ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.