insurez
02-08-2025 17:26

Kattaqo’rg’on shahar hokimligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha shtab a’zolari faoliyatini tashkil etish, tashkilotlararo hamkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi.


Seminarni shahar hokimi Gavhar Alimova ochib berdi. Tadbirda shahar hokimining o’rinbosarlari, korxona-muassasa rahbarlari, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi. 

Unda agentlik viloyat filiali rahbari Azizbek Ibragimov va bir guruh mas’ullar so'z olib, mavzuga aloqador masalalar yuzasidan ma’lumot berishdi.
 Seminarning asosiy maqsadi – mahalallarda faoliyat olib borayotgan yettilik a’zolarining hamkorlikdagi ishlarini yanada rivojlantirish va faoliyatini takomillashtirish. Shuningdek, fuqarolar bilan samarali muloqot o‘rnatish va aholini rozi qilishdir. 

Tadbirda taklif va fikrlar bildirildi, ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.

Teglar
- -