insurez
22-05-2024 09:36

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi chet el gastrol safarida


Ayni kunlarda Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi gastrol safari bilan Qozog’iston Respublikasida bo’lib turibdi. Teatr jamoasini Chimkent shahridagi O'zbek drama teatri hamda Chimkent shahar Qo'g'irchoq va yosh tomoshabinlar teatri ijodiy jamoasi tantanali kutib oldilar. Qardosh mamlakatdagi hamkasblarimiz tomonidan Kattaqo'rg'on shahar drama teatri jamoasi uchun Turkuston va Chimkent shaharlari bo’ylab sayohat tashkil qilindi. Bundan tashqari Kattaqo'rg'on shahar drama teatri ijodiy jamoasi va Chimkent shahar Qo'g'irchoq va yosh tomoshabinlar teatri ijodiy jamoasi bilan davra suhbati o'tkazildi. Kattaqo'rg'on shahar drama teatri ijodiy jamoasi safar davomida Qozog’iston Respublikasining Chimkent, Turkiston va Olmaota shaharlarida o'zining spektakllarini namoyish etishni rejalashtirgan.

Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati.

Teglar
- -