insurez
07-05-2025 15:01

KATTAQO'RG'ON MAHALLAGA RAIS SAYLANDI


Maʼlumki, respublikamiz bo‘ylab may-iyun oylarida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari saylovlari o‘tkazilish belgilangan. Ushbu jarayonlar Kattaqo‘rg‘on shahridagi mahallalarda ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Mahalla vakillari ushbu saylovlarda juda faol ishtirok etmoqdalar.

Shu jumladan bugun shahrimizning Ingichka qo'rg'onidagi 15 maktab binosida Kattaqo'rg'on mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi saylovi ham ko‘tarinki tarzda bo‘lib o‘tdi. Dastlab, vakillarga nomzodlar o‘zlarining 5 yillik dasturi, rejalari, maqsad va vazifalari haqida maʼlumotlarni o‘qib eshittirdilar. Shundan so‘ng mahalla vakillari o‘zlari istagan nomzodga ovoz berdilar.

Saylov yakuni natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz olgan Toshtemirov Farrux mahalla raisligiga qayta saylandi. Mahalla vakillari fuqarolar yig‘ini raisining xalq turmush sharoitini yaxshilash yo‘lidagi kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladilar.

Teglar
- -