insurez
02-04-2024 18:05

Jinoyatchilikni oldini olish-dolzarb vazifa


Huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha manzilli ishlarni olib borish mahallalarni tinch va xavfsiz hududga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Kuni kecha “Qo‘shhovuz” mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimovaning mahalla fuqarolari bilan o‘tkazgan yig‘ilishi shu masalaga bag‘ishlandi.
Shahar hokimi jinoyatlar va huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini va ularni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bunda mahalladagi profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, mahalla raisi, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollarining mas’uliyati haqida so‘z yuritdi va bu borada hamkorlikdagi ishlarni tashkil qilish bo‘yicha o‘z fikrlarini berdi.

Yig‘ilishda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -