insurez
11-07-2025 14:41

Jaholatga qarshi – Ma’rifat bilan!


Bugun Kattaqo’rg’on shahar Madaniyat saroyida “Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” va “O‘zbekiston respublikasida diniy sohadagi davlat siyosati: maqsad, vazifa va prinsiplari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Jonibek Jumaev, shahar hokimligi vakillari, shahar imom xatiblari, mahallalar yettiligi, nuroniylar, otinoylar va mas’ul rahbarlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida so’z olganlar jamiyatdagi turli shakldagi jaholat, diniy savodsizlik, yolg‘on ishonchlar, ilmga bee’tiborlikning oldini olish, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida ma’rifat, ilm, bilimga intilishni targ‘ib qilish, diniy va dunyoviy bilimlarni uyg‘un ravishda o‘rgatish orqali sog‘lom tafakkurli shaxsni tarbiyalash va jaholatni rad etuvchi islomiy ilmiy merosni yoshlarga tanitish borasida to‘xtalishdi. 

Teglar
- -