insurez
10-07-2025 21:24

Islohоtlar mazmuni muhokamasiga bag‘ishlangan seminar


Kattaqo’rg’on shahar hokimligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan seminar-trening bo‘lib o'tdi. 

Unda joriy yil 16-iyun kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

Treningni Jamoat xavfsizligi universiteti professori, iqtisod fanlari doktori Bobur Valiyev va “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent Mavlyuda Gaffarova olib bordi.

Tadbir shahar hokimi, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘tkazilib, rahbar kadrlar salohiyatini oshirish va ish samaradorligini kuchaytirishga qaratildi.

Seminarda islohotlarning mazmuni, aholi muammolari tahlili va samarali boshqaruv masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -