ISLOHOTLAR AMALDA
Bugun shtab a’zolari Respublika ishchi guruhi vakili hamrohligida shahrimizdagi “Yakkabog‘” mahallasida bo‘ldilar. Mahalla binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Respublika vakili hamda shtab a’zolari ushbu mahallada homiy tadbirkor tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida barpo etilgan 14 ta xonadonlardagi sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdilar.
Shuningdek, ular “Yermachit” mahallasida ham bo‘lib, mahalla markazida yaratilgan sharoitlar, mahalla yettiligi tomonidan aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar, tashkil etilgan tikuvchixona faoliyati bilan tanishdilar.