Investitsiya loyihalari ijrosi oʻrganildi
Kattaqoʻrgʻon shahriga tashrif buyurgan Samarqand viloyati prokuraturasining maʼsul xodimi A.Vahobov tomonidan hududda xorijiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda kichik sanoat zonalaridagi loyihalar oʻrganildi.
Shuningdek, A.Vaxobov xorijiy investor, FU HANG MCHJ rahbari bilan uchrashib, kvars toshlarini qayta ishlash boʻyicha loyiha faoliyati bilan tanishdi. Oʻrganish jarayonida korxonaning kvars konlarini toifasini oʻzgartirish hamda belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarish borasidagi muammolarni ijobiy hal qilish boʻyicha masʼul tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Shundan soʻng, shahar hududidagi Qoʻshhovuz-1, Qoʻshhovuz-2, MJK (“The system of copper pipes” MCHJ), MPT (Classic Motor) Kichik sanoat zonalaridagi tashabbuskorlar tomonidan duch kelinayotgan muammolarni oʻrganib, ijrosi yuzasidan tegishli masʼullarga vazifalar belgilandi.