insurez
10-06-2025 15:58

Ingichkalik xotin-qizlar mamnun bo‘ldilar


Xotin-qizlarni har tomonlama, shu jumladan ijimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularni hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish bugungi kundagi ustuvor masalalardan hisoblanadi. Shunga ko‘ra shahrimizda ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Yaqinda shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova ingichkalik xotin-qizlar bilan uchrashib suhbatlashdi va ularning muammolarini o‘rgandi. Shu kuni Obodonlashtirish boshqarmasida ishlayotgan bir guruh ingichkalik xotin-qizlarning mehnatlari e’tirof etilib, ularga sovg‘alar ulashildi. Shuningdek, “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarga pishiriq pechlari berildi. Bu albatta, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarning amaliy natijasidir.

O‘z navbatida berilayotgan bu kabi e’tibor va yordamlar uchun xotin-qizlar ham o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Yurtimizning tinchligi. mana shunday xayrli amallarning bardavom bo‘lishini tilab duo qildilar.

Teglar
- -