INGICHKADA ZAMONAVIY SPORT ZALI BARPO ETILDI
Yurtimizda yoshlar sportiga alohida eʼtibor qaratilgan. Ingichka qo‘rg‘onchasida yangi, zamonaviy ko‘rinishdagi sport zalining barpo etilgani ham bu boradagi saʼy- harakatlarning natijasidir.
Ingichka qo‘rg‘onchasida bo‘lgan shahar hokimi o‘rinbosari J.Axmedov ushbu sport zalidagi shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Mazkur sport zali Tashabbusli byudjet doirasida “Kattaqo‘rg‘on” mahallasi hududidagi “Konchilar o‘yingohi”da 12x24 m o‘lchamda yengil konstruksiyali (senvich panelli) ko‘rinishda tashkil qilingan. 1,2 mlrd.so‘m mablag‘ sarflangan sport zali “BIG STORY GROUP OOO” MCHJ qurilish tashkiloti tomonidan qurib bitkazilgan. Ushbu sport inshooti zamon talablariga javob berib, barcha qulayliklarga ega.
Albatta, bu saʼy-harakatlardan ingichkalik sportsevar yoshlar juda mamnun bo‘ldilar.