“Ichki ishlar vaziri kubogi” sport musobaqasining mahalla bosqichi o'tkazildi
Kattaqo'rg'on shahardagi barcha mahallalarda yoshlar o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Respublika miqyosida sportning "Voleybol" turi bo'yicha 16-21 va 22-30 yosh toifasidagi erkaklar va ayollar o'rtasida “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi o'tkazilmoqda.
Mazkur musobaqaning mahalla bosqichida yoshlar jamoalari o'zaro bellashib, g'olib jamoalar sektor bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdilar.