Hududda
Hududda 2030-yilga borib sanoat korxonalarining sonini 332 tadan 500 taga yetkazish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni qariyb ikki barobarga o‘sishini ta’minlash reja qilingan. Aholi jon boshiga esa sanoat mahsulotlari hajmi1,5 barobarga o‘sishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, hududda xizmat ko‘rsatish sohasida korxonalar sonini 981 tadan 1 285 taga yetkazish hisobiga jami xizmatlar hajmi 1,8 barobarga o‘sishi, 2030-yilga borib xizmat ko‘rsatish sohasida korxonalar soni 3 ming taga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.
Kattaqo‘rg‘on shahrida jami 71 mln. dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi, eksport salohiyati kengaytirilib 65 mln. dollarga yetkazilishi hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari qayta ishlash va tayyor mahsulot yetishtirish bo‘yicha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish bo‘yicha bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilanganligi tashabbuskorlar tomonidan aytib o‘tildi.