Hokimlik xodimlari uchun siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi
Bugun shahar hokimligi apparat xodimlari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. Siyosiy-ma’rifat soatida ishtirokchilar hafta davomida yurtimizda va xorijda ro‘y bergan ahamiyatga molik voqea va hodisalar tafsiloti hamda ma’naviy-ma’rifiy videolavhalar bilan tanishdilar.
Siyosiy-ma’rifat soatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan o’tgan hafta davomida ko’rilgan masalalar, uchrashuvlar tafsilotlari, yurtimizda va xorijdagi ahamiyatga molik voqealar mazmuni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan olib borilayotgan tadbirlar dayjesti, mahallalar hayotiga oid yangiliklar, xodimlarga salomatlikni saqlashga oid ma’lumotlar namoyish etildi.
Shundan so‘ng o‘quv soati ishtirokchilariga ijro intizomiga rioya qilinishi va murojaatlar bilan ishlashni sifatli ta’shkil etish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.




