insurez
24-11-2025 10:36

"HOKIM OLIMPIADASI" G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI


Umumta’lim maktablarida ingliz tili va matematika fanlarini rivojlantirish, maktablar o‘rtasida hamkorlikni yaxshilash,  o‘quvchilarning bu boradagi iqtidorlarini aniqlash va ro‘yobga chiqarish maqsadida shahrimiz maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Hokim olimpiadasi" o‘tkazildi. 

Ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib o‘tgan tanlovda shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etdi. Dastlab, shahar hokimi o‘qituvchilar bilan birgalikda "Yashil makon" loyihasi doirasidagi xayrli tadbir, ya’ni maktab hududida daraxt ko‘chatlari o‘tqazishda ishtirok etdilar. 

Shundan so‘ng boshlangan tanlovni shahar hokimi ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi. Qiziqarli tarzda iqtidorli yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan olimpiadada eng iste’dodli o‘quvchilar g‘olib deb topildilar. G‘oliblarga shahar hokimining diplom hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Teglar
- -