insurez
04-12-2025 15:00

HECh KIM MEHR VA EʼTIBORDAN ChETDA EMAS


Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj va jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarni. bolalarni qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bunda eʼtibortalab insonlarning hayotga moslashishlariga, taʼlim olib, kasb-hunar egallab, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga imkoniyat yaratilmoqda.

3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda bu kabi xayrli ishlar o‘zini namoyon etmoqda. 

Shahrimizdagi 10 – sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida bo‘lgan shahar hokimi Gavhar  Alimova muassasadagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Ayniqsa,  sovg‘a qilingan turli bolalar o‘yinchoqlarini bolajonlar katta zavq bilan qarshi oldilar. 
Bugun ushbu muassasada 57 nafar imkoniyati cheklangan tarbiyalanuvchilar mavjud.

Teglar
- -