insurez
03-12-2025 17:45

HAR BIR BOLA DAVLATIMIZ E’TIBORIDA


Bugun shahrimizda 3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan turli xayriya tadbirlar o‘tkazilmoqda. 5-maxsus maktab internatida saxovatpesha insonlar tomonidan tashkil qilingan tadbirda ham bolajonlarga mehr va e’tibor ko‘rsatildi. 

Tadbirga tashrif buyurgan shahar hokimi Gavhar Alimova va jamoatchilik vakillarini muassasa tarbiyalanuvchilari ko‘zlarida quvonch bilan kutib oldilar. Tadbir ishtirokchilari bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturini tomosha qildilar. 

Tarbiyalanuvchilarning chiqishlari, kuy va qo‘shiqlari ayniqsa, tadbir ishtirokchilarining qalblarini to‘lqinlantirdi. Zero, bolajonlarning ko‘zlaridagi quvonch, yuraklaridan chiqayotgan samimiy so‘zlar har bir insonni shukronalikka, ular uchun berilgan  oliy ne’mat bo‘lgan hayotni sevishga undashi shubhasiz.    

Homiylar tomondan tashkil qilingan bayram dasturxoni  bolajonlarga o‘zgacha zavq ulashdi.

Teglar
- -