GʻOLIBLAR TAQDIRLANDI
Mamlakatimizda iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, ularning isteʼdodlarini roʻyobga chiqarishga imkon yaratish, yosh avlodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilib, ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda. Albatta, bu imkoniyatlarga javoban yoshlarning ilm-fan, sport va boshqa sohalarda koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritayotganliklari quvonarli albatta.
Shu jumladan, joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining shahar bosqichida ishtirok etgan shahrimizdagi 14-IDUM faxrli 1-oʻrinni, 2-IDUM 2- oʻrinni hamda 3 maktab 3- oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Gʻoliblar pul mokofotlari bilan taqdirlandilar.
Shahar hokimi Gavhar Alimova ularning yutuqlarini eʼtirof etdi va shahrimizdagi barcha maktablarni yoshlarga munosib taʼlim-tarbiya berishda doim yetakchilar safida boʻlishini tiladi.