insurez
16-05-2025 17:21

"GIMNASTIKAGA ILK QADAM" MUSOBAQASINING SHAHAR BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI


Kattaqo'rg'on shahar 19-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida gimnastikani ommalashtirish va keng targʻib qilish orqali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini gimnastika sport turi bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish maqsadida 6-7 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilar o‘rtasida "Gimnastikaga ilk qadam" musobaqasining shahar bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda 15 nafarga yaqin tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi. Tanlov natijalariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘rinni  5-DMTT tarbiyalanuvchisi I.Dilshodov, qiz bolalar o‘rtasida 1-o‘rinni 15-DMTT tarbiyalanuvchi Sh.Raxmatullayevalar egallab, viloyat bosqichiga yo’llanmani qo‘lga kiritishdi.

Teglar
- -