“G‘arb machit” mahallasida saylov o‘tkazildi
Yurtimizda singari shahrimizda ham 1 may kunidan boshlab fuqarolar yig‘ini raisi saylov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. shahrimizdagi barcha mahallalarda saylovlar o‘tkaziladi.
Shu jumladan bugun, shahar Tibbiyot birlashmasi binosidagi “G‘arb machit” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi saylovi ham ko‘tarinki tarzda bo‘lib o‘tdi. Dastlab, nomzodlar o‘zlarining 5 yillik dasturi, rejalari, maqsad va vazifalari haqida yig‘ilganlarga maʼlumot berdilar. Shundan so‘ng mahalla vakillari saylovda o‘zlari istagan nomzodlarga ovoz berdilar.
Saylov yakuni natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan Erkin To‘ychiyev mahalla raisligiga qayta saylandi. Tadbir yakunida fuqarolar yig‘ini raisining kelgusida mahallani rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash borasidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladilar.