insurez
22-04-2025 10:37

GANDBOL


Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 8-10-sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan oʻgʻil bolalar jamoalari o‘rtasida sportning gandbol turi bo‘yicha "Yoshlik sport jamoalari" sport musobaqalarining viloyat bosqichi Urgut tumanida o‘tkazildi.
O‘tkazilgan musobaqa yakuniga ko‘ra: 

🥇 I-o‘rinni Ishtixon tumani 42-umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoasi egalladi.

🥈 II-o‘rinni Toyloq tumani 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoasi; 

🥉 III-o‘rinni Kattaqo‘rg‘on shahar 17-umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoasi egalladi. 

G‘olib va sovrindorlarga O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat mintaqaviy bo‘limi tomonidan I-, II-, III-darajali diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -