insurez
09-05-2025 19:05

Futbol 2025


Shahrimizning "Doʻstlik" oʻyingohida oʻtkazilayotgan futbol oʻyinlarini kattaqoʻrgʻonlik futbol muxlislari kuchli zavq bilan kuzatib kelishmoqda. Ayniqsa bu musobaqalar futbolni ommalashtirish, yoshlarimiz ichidan iqtidorlarni aniqlash va ushbu sportni rivojlantirishda muhim boʻlmoqda.

Bugun ham "Doʻstlik" oʻyingohida futbol bo'yicha 2 liganing 1-tur o'yinlari doirasida shahrimizning Doʻstlik va Samarqandning Sherdor futbol klublari uchrashuvi oʻtkazildi.

Musobaqa boshlanishidan avval shahar hokimi Gavhar Alimova soʻzga chiqib, mamlakatimizda, jumladan Kattaqoʻrgʻon shahrida sportga va sportchi yoshlarga berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida toʻxtalib, jamoalarga omad tiladi.

Qizgʻin bahslar bilan oʻtkazilgan shahrimizning Doʻstlik va Samarqandning Sherdor futbol klublari oʻrtasidagi uchrashuvda 2-2 durrang natija qayd etildi.

Shahrimiz futbol jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilab qolamiz! 

Teglar
- -