Fuqaro muhofazasi oyligi doirasida tadbirlar davom etmoqda
👨🚒Kattaqo'rg'on shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida Kattaqo'rg'on shahar "Hududgaz" ta'minoti bo'limida FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikda o'quv-mashg'uloti o'tkazildi.
🧯Ushbu o'quv mashg'ulotida shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limidan 10 nafar xodim va maxsus texnika, FVDqT xizmatlari tarkibiga kiruvchi shahar "Hududgaz", shahar "Elektr tarmoqlari" va tibbiyot xodimlaridan iborat jami 30 nafar ishchi xizmatchilar va 6 ta turli xildagi maxsus texnikalar qatnashdi.
🔥Tadbir yakunida ishchi-xodimlarga mazkur oylikning mazmun mohiyati etkazilib, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bunday vaziyatlar sodir boʻlganda toʻgʻri harakatlanish qoidalari boʻyicha tushunchalar berildi.