insurez
25-07-2024 14:43

Farzandim 18 yoshga to‘ldi, lekin hali ham maktabda o‘qiydi. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lanishi davom ettiriladimi?


Qonunchilikda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan oila a'zolariga pensiya 18 yoshgacha, ta'lim tashkilotining o‘quvchisi va talabalariga o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lguniga qadar to‘lanishi belgilangan. 

Shuningdek, Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 155-bandiga muvofiq vafot etgan boquvchining umumiy o‘rta ta'lim tashkilotining so‘nggi sinfida o‘quvchi sifatida ta'lim olayotgan 18 yoshdan katta yoshdagi oila a'zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi joriy o‘quv yilining 1 iyuliga qadar to‘lanadi.
Kattaqo‘rg‘on shahar BTPJB

Teglar
- -