insurez
19-05-2025 11:45

“Farovon oila sari”


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 2 maydagi 29-son bayoniga koʻra  15-may - Xalqaro oila kunini keng nishonlash maqsadida 10-maydan –10-iyunga qadar “Farovon oila sari” oyligini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Kattaqoʻrgʻon Davlat pedagogika institutida “Oila-maʼnaviyat va insonparvarlik maskani” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻz ishini boshladi.

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Mahkamova, Oliy Majlis Senati aʼzolari, respublikamizning oila masalalari boʻyicha yetakchi pedagog, psixolog olimlari, viloyat hamda shahar kengashi deputatlari, tuman shaharlarlar Oila xotin qizlar boʻlimi boshliqlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirni shahar hokimi Gavhar Alimova ochib berdi.

Konferensiyada Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova maʼruzasi bilan ishtirok etmoqda.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -