insurez
18-04-2024 18:54

ERKIN KURASH BO‘YICHA PROKUROR KUBOGI MUSOBAQASI O‘TKAZILDI


🤼‍♀️Yaqinda  shahrimizdagi Iqtisodiyot va servis texnikumi sport zalida sportning erkin kurash turi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar prokurori kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in tarzda kechgan musobaqada Surxondaryo va Samarqand viloyati, Xatirchi tumani, Oqtosh hamda Kattaqo‘rg‘on shahar jamoalaridan jami 111 nafar sportchilar ishtirok etdilar.

🏆Musobaqa natijalariga ko‘ra munosib ishtirok etib, belgilangan vazn toifasi bo‘yicha faxrli 1-2-3 o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

⚡️G‘oliblarni taqdirlashda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova hamda shahar prokurori Ismoil Nuriddinovlar sportchilarni muborakbod etdilar va kelgusida yanada ko‘proq yutuqlarni qo‘lga kiritishlariga omad tiladilar.

Teglar
- -