insurez
14-01-2025 17:19

EHTIROM


Ayni kunlarda Yurtimizda singari Kattaqo‘rg‘on shahrida ham 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Ushbu tadbirlar doirasida bugun shahrimizdagi “Motamsaro ona” haykaliga gulchambar qo‘yish marosimi o‘tkazildi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari, harbiylar, idora va tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Gulchambar qo‘yish barobarida bir zumga sukut saqlagan tadbir ishtirokchilari yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi yo‘lida jon fido qilgan o‘g‘lonlarning xotiralarini yodga oldilar, ularga hurmat ko‘rsatdilar.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -