insurez
21-05-2025 11:30

“DO'STLIK" MAHALLASIGA YANGI RAIS SAYLANDI


Shahrimiz boʻylab mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari saylovlari boʻlib oʻtmoqda. Uyushqoqlik bilan oʻtkazilayotgan saylovlarda mahalla vakillari faol ishtirok etmoqdalar.

“Do'stlik” mahallasidagi fuqarolar yigʻini raisi saylovi ham koʻtarinki tarzda boʻlib oʻtdi. Nomzodlarning 5 yillik dasturi, rejalari, maqsad va vazifalari haqidagi maʼlumotlarni tinglagan mahalla vakillari oʻzlari istagan nomzodga ovoz berdilar.

Saylov yakuniy natijalariga koʻra, eng koʻp ovoz olgan Erkinjon Raximov mahalla raisligiga saylandi. Mahalla nuroniylari fuqarolar yigʻini yangi raisiga xalq turmush sharoitini yaxshilash yoʻlida kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladilar.

Teglar
- -