insurez
10-07-2025 15:27

DEPUTATLAR SAYLOVCHILARI OLDIDA HISOBOT BERDI


Shahar hokimligida viloyat kengashi deputatlarining aholi bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashiga 32-saylov okrugidan saylangan deputat Feruza Raximova hamda 33-saylov okrugidan saylangan deputat An Dmitriy Vladimirovichlarning saylovchilari bilan o‘tkazgan uchrashuvida joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlarini taqdim etdilar. 

Uchrashuv davomida mamlakatimizdagi keng ko‘lamli islohotlar, aholi turmush sharoitini yaxshilash borasidagi imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Aholi bandligini ta’minlash, huquqiy bilimi va malakasini oshirish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham fikrlar bildirildi. 

Albatta, deputatlar tomonidan sessiya va majlislarda ko‘rib chiqilgan masalalar, mutasaddilarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari aholi muammolarini yechish, og‘irini yengil qilishga xizmat qilmoqda. 

Teglar
- -