insurez
21-02-2025 09:55

Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi


Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. 

Siyosiy-ma’rifat soatida  yurtimizda hamda xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqealar tafsiloti, mutolaa vaqti rukni, huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan  normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) haqida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, “Siyosiy-ma’rifat soati” ishtirokchilariga davlat xizmatchilarini mexnat intizomiga oid hamda diplomatik protokol va etiket tushunchasi boʻyicha tegishli maʼlumotlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -