insurez
23-05-2024 11:49

Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi otkazildi


Kuni kecha Kattaqo'rg'on shahar kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi, shahar Prokuraturasi, IIB Probatsiya bo‘limi bilan hamkorlikda shahar Pedagogika kollejida bitiruvchi va ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish va kasbga oqitish, qayta tayyorlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o`tkazildi.

Ushbu tadbir davomida taklif qilingan fuqarolar kasbga va ishga yo’naltirildi hamda mehnat qonunchligi doirasida keng qamrovli tushuntirish va maslahatlar berildi.  

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -