"BIZ - SOHIBQIRON AMIR TEMUR AVLODIMIZ!"
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetida Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan "Biz - Sohibqiron Amir Temur avlodimiz!" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi.
Kattaqo‘rg‘on shahridagi harbiy qism bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirdi Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari Sh.Mustafayev so‘zga chiqib Buyuk Sohibqiron haqida ko‘proq bilish, o‘rganish talabalarda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini oshirishga xizmat qilishini taʼkidladi.
Fakultet dekani o‘rinbosari J.Abduraxmonov, harbiy qism vakillari Amir Temur jasorati, davlat arbobi sifatidagi islohotlari, tuzuklari haqida maʼlumot berdi.