Amaliy taktik mashg'ulot o'tkazildi
Kattaqo'rg'on shahar FVB 7-YoQQ harbiy xizmatchilari tomonidan yurtimizda 20-may kunidan 20-iyun kuniga qadar o'tkazilishi belgilangan "Yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha''Dolzarb 30 kun''" hamda 1 iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni " bayram tadbirlarini betalofat o'tkazish maqsadida Kattaqo'rg'on shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomli istirohat bog'ida hamkor tashkilotlarni jalb qilgan holda amaliy taktik mashg'ulot o'tkazildi.
Hamkor tashkilot va bog' ishchi xizmatchilariga favqulodda vaziyatda harakat qilish va yong'in xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Yong'in qutqaruv texnikalari kirish yo'llari to'siqlardan tozalandi.