insurez
06-11-2025 14:37

Aholining kibermadaniyatini yuksaltirish oyligi


Bugun, Samarqand Pedagogika Texnikumida "Aholining kibermadaniyatini yuksaltirish oyligi" doirasida profilaktik targ’ibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirning maqsadi o‘quvchilarda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish madaniyatini shakllantirish, internet tarmoqlarida kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

Uchrashuv davomida, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan firibgarlik va o‘g‘rilik kabi jinoyatlar, ularning oldini olish choralari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. O'quvchilarda onlayn xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kiberjinoyatlardan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Teglar
- -