insurez
05-11-2025 16:29

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari boshlandi


Prezidentimizning 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida” PF-173-son Farmoniga ko‘ra 2026 yil 15 yanvar 28 fevral kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Kattaqo’rg’on shahrida ham bu borada tegishli tashkiliy jarayonlar boshlangan. 

Bugun, shahar hokimligida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboeva va shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda Kattaqo‘rg‘on shahrida mazkur farmon ijrosi hamda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini yuqori saviyada o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi. 

Yig’ilishda R.Turdiboeva shahar shtabi, komissiya a’zolari hamda mahallalardagi mas’ullarga mamlakatimiz rivoji va kelajagi uchun muhim bo’lgan ushbu jarayonga hamjihatlikda mas’uliyat bilan faol yondashish lozimligini ta’kidladi.

Teglar
- -