insurez
13-11-2025 18:32

AHOLI FAROVONLIGINI TA’MINLASh ASOSIY VAZIFA


Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish, shu orqali aholining ehtiyojmand qismini turmush sharoitini yaxshilash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilish ushbu masalaga bag‘ishlandi. Unda mas’ul tashkilotlarning rahbarlari va mahalla beshligi ishtirok etdi. Dastlab, mas’ul rahbarlarning bu boradagi belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan axborotlari eshitildi. 

Amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirishda mas’ullarning hamkorlikdagi ishlari yuzasidan zaruriy topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda kuz-qish mavsumi, “Tozalik va ozodalik oyligi” davomidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi masalalarш ham muhokama qilindi va tegishli vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -