Aholi bilan uchrashuvda murojaatlar joyida hal etildi
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi “Haydarchaman” mahallasida bo‘ldi va mahalla faollari, nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda shahar hokimi shahrimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to’xtaldi.
Uchrashuv davomida mahalla ahli va nuroniylarning hududda olib borilayotgan sa’y harakatlar bo’yicha fikrlari eshitilib, aholi, xususan yoshlar, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlarga ham e’tibor qaratildi va bu borada mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida fuqarolardan tushgan murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi va ularni mazmunidan kelib chiqib, mas’ullarga ijrosini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.