Abdulla Qaxxor mahallasida aholi muammolari o’rganildi
Kattaqo’rg’on shahar 3-sektor hududidagi Abbdulla Qaxxor mahallasida aholi muammolarini o’rganish va qonuniy hal qilish choralarini ko’rish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda shahar 3 sektor rahbari, shahar hokimining o’rinbosari Jasur Xaitov tomonidan mazkur mahalla aholisining murojaatlari o'rganildi. Qabulda Ingichka qo’rg’onidagi ushbu mahallada yashovchi fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va masalalar yuzasidan ishtirok etdi. Murojaatlar asosan uy joy ta’miri, ishga joylashish, ichimlik suvi, davolanish va boshqa masalalar bo‘yicha bo'ldi.
O’tkazilgan qabul jarayonida 5 ta murojaat bo’yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Qabul doirasidagi murojaatlar yuzasidan sektor a’zolari aholi vakillari bilan birgalikda joyiga chiqib masalalar o’rganildi va tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.