insurez
16-07-2025 18:10

2-SEKTOR YETTILIGI ISHTIROKIDA SEMINAR O‘TKAZILDI


Bugun shahar hokimligida 2-sektor mahalla yettiligining faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan seminar o‘tkazildi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova hamda mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar. 

Seminar davomida sektor hududidagi mahalla yettiligining o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Jumladan, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va yettilikning boshqa a’zolari hududni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash va boshqa vazifalar yuzasidan taqdimotlarini namoyish etishdi. 

Yakunida shahar hokimi yettilikning kelgusidagi faoliyati davomida odob-axloq qoidalariga amal qilish, keksa avlod, ibratli oilalar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazish, kunlik reja bo‘yicha ish tashkil qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Teglar
- -