28-04-2025 16:21
11-IDUM “BARS” JAMOASIDAN YANA BIR YUTUQ
Bugun Samarqand shahrida “Yosh gvardiyachi” tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Quvonchlisi, Kattaqo'rg'on shahar 11-IDUM ning “Bars” jamoasi tanlovda faxrli 1-oʻrinni egalladi va tanlovning Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Biz maktab jamoasini ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz va respublika bosqichida ham omad tilaymiz.