insurez
15-07-2025 18:31

1-SEKTOR YETTILIGI ISHTIROKIDA SEMINAR O‘TKAZILDI


Bugun shahar hokimligida 1-sektor mahalla yettiligi bilan faoliyat samaradorligini oshirish bo’yicha seminar o’tkazildi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova hamda tegishli mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar. 

Seminarda shahar 1-sektor hududidagi mahalla yettiligi a’zolarining faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi.
 Xususan, mahallalarda aholi tinchligini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, muhtoj aholi qatlamini ijtimoiy himoya qilish borasida mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va yettilikning boshqa vakillari o‘z vazifalari doirasida amalga oshirgan ishlari borasida taqdimot qilishdi.  

Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilarga “Raqamli mahalla” platformasining ishlash prinsipi va mohiyati boyicha zaruriy tushuntirishlar berildi. 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -