1-may kunidan Kattaqoʻrgʻon shahrida mahalla raislari saylovlari boshlandi
Saylovlar xalq ishtirokida, ochiq va shaffof muhitda o‘tkazilmoqda. Mahallaning kelajagini eng yaxshi o‘z aholisigina belgilashi mumkin — shuning uchun ham har bir ovoz muhim, har bir qaror — mas’uliyatli!
Kuni kecha shahrimizning “Yakkabog‘ ” mahallasida mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida fuqarolar yig‘ini raisi saylovi o‘tkazildi. Unda ko‘rsatilgan nomzodlar o‘zining 5 yillik dasturi, rejalari, maqsad va vazifalari haqida yig‘ilganlarga maʼlumot berishdi.
O'tkazilgan saylov natijalariga ko'ra, eng ko'p ovoz olgan "Yakkabog' " mahallasining amaldagi raisi Ravshan Xamrayev mahalla rasligiga qayta saylandi.