insurez

Rahbaryat


  • Kuchkarova Shaxlo Botirovna


    Lavozimi: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i


    Qabul kunlari:Haftaning har Juma kuni Soat 09-00 dan 13-00 gacha


    E-mail:shaxlokuchkarova96@gmail.com


    Telefon raqami:+998932308400

  • Kuchkarova Shaxlo Botirovna - Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i 
     

    Tug‘ilgan yili: 05.11.1970 Tug‘ilgan joyi: Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahri
    Millati: o‘zbek Partiyaviyligi: O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a’zosi
    Ma’lumoti: oliy Tamomlagan: 1994 y. Toshkent Davlat yuridik instituti (sirtqi)
    Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: huquqshunos
    Xalq deputatlari, respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa
    saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):
    2022 y. - h.v. - Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputati


    MЕHNAT FAOLIYATI


    1990-1992 yy. - Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi ish yurituvchi kotibasi
    1992-1994 yy. - Kattaqo‘rg‘on shahar 1-sonli davlat notarial idorasi kotibasi
    1994-2009 yy. - Kattaqo‘rg‘on shahar Fuqarolik holati dalolatnomasini yozish bo‘limining inspektori, mudirasi
    2009-2020 yy. - Ishtixon tumani Fuqarolik holati dalolatnomasini yozish bo‘limi mudirasi vazifasini, vaqtincha bajaruvchi, mudirasi
    2020-2020 yy. - Kattaqo‘rg‘on shahar 1-sonli Notarial idorasi notarius yordamchisi
    2020-2022 yy. - Kattaqo‘rg‘on shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi, shahar hokimining xotin-qizlar  masalalari  bo‘yicha maslahatchisi
    2022 y. - h.v. - Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari-oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i

    Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
    va topshiriqlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshiradi;

    Quyidagilar shahar hokimi oʼrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

    a) xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini oshirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirsh sohasida:

    xotin-qizlarning maqomini, maʼnaviy va intellektual salohiyatnii oshirish, ularning huquqlari va manfaatlarini taʼminlash, huquqiy madaniyatini, oila va jamiyatdagi rolini oshirish;

    davlat va jamoat organlarini jalb etgan holda yosh oilalarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, ular uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish sohasida tadbirlar kompleksini amalga oshirish boʼyicha tizimli ish olib borilishini tashkil etish;

    xotin-qizlar masalalari boʼyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishida va ularni amalga oshirishda, ularning mohiyati va ahamiyatini targʼib qilish va tushuntirishda, ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini yoʼlga qoʼyishda faol ishtirok etish;

    qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va ragʼbatlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, iqtidorli, qobiliyatli qizlar zaxirasi bilan tizimli ish olib borilishini tashkil etish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti boʼyicha hududiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish;

    tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega boʼlgan qizlardan kadrlar zahirasini shakllantirish va ularning nomzodlarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yoʼlga qoʼyish;

    xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga shaffofligini taʼminlash, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishga koʼmaklashish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish;

    xotin-qizlar va ularning oila aʼzolari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boʼyicha ishlarda xotin-qizlar qoʼmitalari bilan fuqarolik jamiyati institutlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oʼrtasidagi ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, xotin-qizlarga manzilli ijtimoiy yordam berish ishlarini tashkil etish;

    b) ogʼir vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning muammolarini oʼz vaqtida aniqlash va ularga yordam berish sohasida;

    joylarda ogʼir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi boʼlgan xotin-qizlarni oʼz vaqtida aniqlash, ular bilan aniq maqsadga yoʼnaltirilgan va yakka tartibda ish olib borilishini tashkil etish;

    yordamga muhtoj boʼlgan, shu jumladan, nogironligi boʼlgan xotin-qizlar, toʼliq boʼlmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan va turar joy sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj boʼlgan kam taʼminlangan oilalarning manzilli roʼyxatlarini tuzish;

    yordamga muhtoj boʼlgan va ogʼir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, ularning oilalari va bolalari uchun zarur boʼlgan ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam turlarini aniqlash va ular bilan taʼminlash, shaxslarning ushbu toifasining huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun davlat organlariga va tashkilotlarga murojaat qilishga koʼmaklashish;

    yordamga muhtoj boʼlgan va ogʼir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarning qizlarini oʼqitish maqsadida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning dam olishini hamda ularga zarur tibbiy va psixologik yordam berilishini tashkil etish; 

    oilaviy va shaxslararo nizolarning, oʼz joniga qasd qilish hamda jamiyat va oilada maʼnaviy-axloqiy muhitga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin boʼlgan boshqa holatlarning barvaqt profilaktikasi boʼyicha manzilli ishlar olib borish;

    oialalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish, keksa va hurmatga sazovor, jamiyatda katta obroʼga ega boʼlgan ayollar va fuqarolarni faol jalb etgan holda joylarda oilaviy ajralishlarning oldini olish ishlarini tashkil etish, namunaviy oilalarning hayot tarzini targʼib qilish;

    oilaviy munosabatlarni sogʼlomlashtirish, nikoh va oila institutini mustahkamlash, nikoh shartnomalarining xususiyatlari va shartlari, farzandlar tarbiyasi uchun ota-onalarning bevosita masʼuliyati, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan bogʼliq tizimli targʼibot tadbirlarini yoʼlga qoʼyish;

    v) xotin-qizlarni ishga joylashtirish va ularning ijtimoiy va mehnat huquqlarini taʼminlash sohasida;

    bandlik dasturi doirasida xotin-qizlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga koʼmaklashish, ular bandligining sifati, doimiy ish oʼrni bilan taʼminlanganligi yuzasidan nazoratni yoʼlga qoʼyish;

    xotin-qizlarni, yosh qizlarni tadbirkorlik, hunarmandchilik bilan shugʼullanishga keng jalb etishga koʼmaklashish, ushbu maqsadlar uchun kredit va boshqa resurslarni jalb etish;

    xotin-qizlarning mehnat qilish huquqlarini himoya qilish ishlarining holatini oʼrganish va tahlil qilish, mehnat munosabatlari sohasida, shu jumladan, homilador ayollarga va kichik yoshdagi bolalari boʼlgan ayollarga qoʼshimcha imtiyozlar berish sohasida davlat va nodavlat tashkilotlarining mustahkam hamkorligini yoʼlga qoʼyish;

    tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanishni xohlaydigan ayollarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratishda koʼmaklashish, berilgan imtiyozlar toʼgʼri qoʼllanilishi masalalarini tartibga soluvchi, davlat roʼyxatidan va boshqa tartibotlardan oʼtish, mehnat munosabatlariga kirishish boʼyicha qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar olishda ularga yordam berish;

    g) jinoyat sodir etishga moyil boʼlganlar bilan yakka tartibda ish olib borish orqali xotin-qizlar orasida huquqbuzarilklarning barvaqt profilaktikasi sohasida:

    huquqni muhofaza qilish organlari, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishga yoʼnaltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etish;

    xotin-qizlar orasida huquqiy tarbiya va huquqiy targʼibot, huquqiy madaniyatni oshirish ishlarini tashkil etish, oilalarda ijtimoiy-madaniy muhitga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin boʼlgan vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini belgilash;

    jinoyat sodir etishga moyil boʼlgan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish boʼyicha ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish;

    jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, maxsus oʼquv-tarbiya muassasalaridan, ijtimoiy reabilitatsiya va xotin-qizlarni moslashtirish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirishni tashkil etish.

    d) "yoʼl xaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

    mutasaddilik qiladigan tashkilotlar bilan birgalikda xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, shaharning tegishli tarmoqlari masalalar boʼyicha "yoʼl xaritalari" loyihalariga kiritish va takliflar tayyorlanishiini tashkil etish;

    qoʼmita vakolatlariga kiradigan masalalar boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va Samarqand viloyatiga safarlari natijalari boʼyicha tasdiqlangan "yoʼl xaritalari" bajarilishi ustidan tizimli nazorat amalga oshirilishini muvofiqlashtirish.

    mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan tashkilotlar, idoralar, xoʼjalik birlashmalari va tijorat banklarining "yoʼl xaritlari" amalga oshirilishi toʼgʼrisidagi batafsil axboroti, materiallar va hisobotlar tahlil etilishini taʼminlash hamda ularni muhokama qilish uchun shahar hokimligi majlislariga kiritish;

    "Yoʼl xaritlari" amalga oshirilishi samaradorligi yuzasidan taqdim etiladigan axborot va materiallarni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish.

    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

    Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti boʼyicha shahar komissiyasi faoliyatini muvofiqlashtiradi.

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5325-son Farmoni amalga oshirilishi boʼyicha
    chora-tadbirlar bajarilishini muvofiqlashtiruvchi shahar komissiyasi ishi tashkillashtiradi.

    Quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boradi:

    shahar xotin-qizlar qoʼmitasi boshlangʼich tashkilotlari;

    “Sogʼlom avlod uchun" jamgʼarmasi;

    “Tadbirkor ayol” uyushmasi shahar boʼlimi;

    “Qizil yarim oy” jamiyati;

    “Oila” ilmiy-amaliy markazi shahar boʼlimi;

    Bosh mutaxassis

    Qoʼmitaga yuklatilgan vazifalar boʼyicha shaxsan javob beradi.

    Shaharda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish sohasida vazifalarning bajarilishi uchun toʼliq javob beradi.

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, viloyat hokimligining xujjatlari, Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi, shahar hokimi qaror, farmoyish, topshiriqlarini tegishli idoralar tomonidan oʼz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.

    Qoʼmita vakolatiga taalluqli masalalar boʼyicha tahliliy materiallarni tayyorlab, muhim axborotlarni taqdim etadi va tartibga solib boradi.

    Tarkibiy boʼlinmaga bevosita rahbarlik qiladi, oʼz mutaxassisining ishlarini tashkil qiladi hamda qoʼmitaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi.

    Kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʼrib chiqishda davlat printsiplariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʼyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi.

    Tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar roʼyxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni ragʼbatlantirish va ularga jazo choralari koʼrish boʼyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi.

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5325-son Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash yuzasidan quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha nazorat olib boradi va tahlil etadi:

    a) xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini oshirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish;

    b) ogʼir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning muammolarini oʼz vaqtida aniqlash va ularga yordam berish;

    v) xotin-qizlarni ishga joylashtirish va ularning ijtimoiy va mehnat huquqlarini taʼminlash;

    g) jinoyat sodir etishga moyil boʼlganlar bilan yakka tartibda ish olib borish orqali xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini amalga oshirish;

    d) "Yoʼl xaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish;

    Vazifalar taqsimotini, shuningdek qoʼmitaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassisning ish rejalarini tasdiqlaydi.

    Hokim yoki uning oʼrinbosari oʼtkazadigan yigʼilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yigʼilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek, qoʼmitaning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar boʼyicha oʼtkaziladigan boshqa yigʼilishlarda qatnashadi.

    Ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni taʼminlaydi.

    Qoʼmita ishlari boʼyicha ijro intizomiga toʼliq javob beradi va yigʼma jildlarga hujjatlar toʼplamini yigʼadi, nazoratni olib boradi.

    Shahar hokimi oʼrinbosari, Xotin-qizlar qoʼmitasi raisi boʼlmaganda jismoniy va yuridik shaxslar (xotin-qizlar) ni qabul qiladi va muammolari yechimida yordam beradi.

    Shahar hokimligi huzuridagi tegishli komissiyalar faoliyati yuzasidan hujjatlarni tayyorlaydi va nazoratini olib boradi.

    Hukumat qarorlari Davlat va hududiy dasturlarining bajarilishi yuzasidan tegishli tashkilotlardan har oy (ayrim koʼrsatkichlar boʼyicha) va chorak davomida maʼlumotlar olib boradi, tahlil etadi, ularning ijrosini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilaydi, yuqori tashkilotlarga hisobot tayyorlaydi.

    Xotin-qizlar qoʼmitasi tomonidan oʼtkaziladigan barcha yigʼilishlar, tadbirlarning tashkil etilishi va oʼtkazilishini taʼminlaydi.

    Xotin-qizlar faoliyati bilan bogʼliq jamoatchilik, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishni Xotin-qizlar qoʼmitasi raisi bilan tashkil etadi.

    Xotin-qizlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʼullanish boʼyicha targʼibot-tashviqot ishlarini olib boradi, ular ishtirokida turli sport tadbirlarini tashkil etadi.

    Oliy Majlis va Hukumat qarorlari, Oʼzbekiston Xotin-kizlar qoʼmitasining qarorlari, Boshqaruv yigʼilish bayonlarining topshiriqlari ijrosini taʼminlaydi, nazorat qiladi va yuqori tashkilotlarga maʼlumotlar, hisobotlar tayyorlaydi.

    Kotibiyatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga metodik yordam beradi, ishlarni taqsimlaydi, ijro intizomini nazorat qiladi.

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5325-son Farmoni amalga oshirilishi boʼyicha
    chora-tadbirlar bajarilishini muvofiqlashtiruvchi shahar komissiyasi ishini tashkillashtiradi.

    Oʼrinbosar topshirigʼiga binoan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.